Купить Quyosh suv isitgichini o'rnatish (Monoblok) 300 litr. Suv isitgichi, montaj ishlari. | Electric 24

Quyosh suv isitgichini o'rnatish (Monoblok) 300 litr. Suv isitgichi, montaj ishlari.

Mavjudligi: Bor
-Yil bo'yi yuqori sur'atlarda ishlash, yaxshi suv olishi va uzoq muddatga yordam ko'rsatish. -Hamyonbop narxi -Ishlash prinsiplari oddiy va qulay* -Yuqori o'tkazgichli vakuum kolbalarini o'rnatish (istag'ingizga qarab) -Zavodimiz xususiy uylarga emas, balki korxona va tashkilotlarga o'rnatishga egamiz.
Miqdori

Ulashing

Ishlash prinsipi

Butun gelio-sistemada vakuumli kolbalar va yig’uvchi bak – boyler bitta rama(karkas)ga aniq bir burchak ostida o’rnatiladi. Vakuumli kolbalar bakka maxsu rezinali qisgichlar orqali kiritiladi. Suv isishi va ko’chishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Vakuumli kolbalarda suv isib bakka ko’tariladi, sovuq suv esa kolba bo’ylab isish uchun pastga tushadi. 

Butun gelio-sistema bosimsiz ishlaydi, mavjud bo’lgan suv tizimiga ulanish esa teskari klapan orqali amalga oshiriladi. Bu klapan boylerda suv darajasini muayyan holatda ushlab turadi. Suv issiqlik tashuvchi bo’lgani sababli, suv hech qanday nasossiz sirkulyatsiya jarayonidan o’tadi, bunday sistemalar bosimsiz deb ataladi. Ular ishlatish uchun qulay va to’liq mustaqildir. 

300 litr hajmli tank - 1 dona.

Metall ramka - 1 to'plam.

Elektr isitgich - 1 dona.

Aqlli kontroller - 1 dona.

Suvni isitish harorati:

Qishda minimal harorat +20 +50 daraja

Yozda maksimal harorat +80 +95 daraja

Kafolat - 1 yil.

Xizmat muddati - 25 yildan ortiq.

Bizning hamkorlarimiz